Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-son qarori 1-ilovasining 264-pozitsiyasi olib tashlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 191-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyun,
PQ-369-son