PQ-382-son Qaror · 20.06.2006

Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-382
  • Qabul qilingan sana:20.06.2006
  • Kuchga kirgan sana:20.06.2006
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25-26

Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalarini samarali boshqarishni taʼminlash hamda Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:

1. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining umumiy xodimlari cheklangan soni 52 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 44 nafar boʻlgan ijroiya apparati tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bir oy muddatda Uyushmaning ijroiya apparati xodimlari shtat sonini ushbu qaror bilan tasdiqlangan tuzilmaga muvofiqlashtirsin, uni yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi PQ–359-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

a) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin”;

b) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 20-iyun,

PQ-382-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.