PQ-499-son Qaror · 25.10.2006

Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-499
  • Qabul qilingan sana:25.10.2006
  • Kuchga kirgan sana:25.10.2006
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 43-44

Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish, shuningdek Respublika yoʻl fondi hisobidan yoʻl tarmogʻining ekspluatatsiya qilish va pudratchi tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishni maqbullashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Umumiy foydalaniladigan yoʻllarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;

* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondining yangilangan nizomi 2-ilovaga* muvofiq;

* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi daromadlari shakllanishi va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi “Oʻzavtoyoʻl” DAK, Davarxitektqurilish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari bilan birgalikda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishning belgilangan tartibiga qatʼiy amal qilinishini, koʻrsatilgan maqsadlarga ajratilgan mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika yoʻl fondining avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ekspluatatsiya qilishga ajratilgan mablagʻlaridan maqsadli va oqilona sarflanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli qarorining 7-bandidagi 2, 3 va 5-xatboshilari hamda mazkur qarorning 5, 6 va 8-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 25-oktabr,

PQ–499-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.