PQ-517-son Qaror · 30.11.2006

Chernogoriya Respublikasini tan olish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-517
  • Qabul qilingan sana:30.11.2006
  • Kuchga kirgan sana:30.11.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 48-50

2006-yil 21-mayda Chernogoriya Respublikasida boʻlib oʻtgan referendum yakunlari boʻyicha mazkur Respublika parlamenti 2006-yil 3-iyunda Chernogoriya Respublikasi mustaqilligi toʻgʻrisidagi Qaror va mustaqil Chernogoriya Respublikasi Deklaratsiyasini qabul qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi va 93-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq:

1. Chernogoriya Respublikasi alohida, suveren va mustaqil davlat sifatida tan olinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Chernogoriya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida muzokaralar oʻtkazsin va erishilgan ahdlashuvlarni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 30-noyabr,

PQ-517-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.