PQ-542-son Qaror · 27.12.2006

Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-542
  • Qabul qilingan sana:27.12.2006
  • Kuchga kirgan sana:27.12.2006
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 51-52

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi ilovaga* muvofiq Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining xalqaro shartnomalariga qoʻshilsin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgandan soʻng:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar;

Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 27-dekabr,

PQ-542-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.