Ilgʻor xorijiy texnologiyalardan foydalangan holda temir yoʻl yoʻllarini oʻz vaqtida modernizatsiya qilish va kapital taʼmirlashni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan transport temir yoʻl kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha, 2015-yilgacha, har yili, 280 km temir yoʻl yoʻllarini, eng murakkab uchastkalarda yuqori iqtisodiy samaradorlikka va foydalanish muddati ancha uzoqqa yetadigan zamonaviy elastik mahkamlanadigan shpallardan foydalanishni nazarda tutadigan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) krediti jalb etilgan, uning doirasida respublikada “Fleks International Manufactured & Tgading LTD” xalqaro kompaniyasi tomonidan beriladigan butlovchi qismlar va litsenziyalashgan texnologiyalaridan foydalangan holda elastik mahkamlanadigan shpallarni birgalikda ishlab chiqarish tashkil etilgan;
2006-yilda yakunlangan OTB loyihasiga muvofiq, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilgan holda 500 mingdan ortiq shpallar xarid qildi. Bunda tayyor shpallar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga bojxona qonunchiligiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bojxona omboridan ularni ishlab chiqarish litsenziyasiga ega boʻlgan “Fleks International Manufactured & Tgading LTD” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan.
2. OTB loyihasi yakunlangani hamda elastik mahkamlanadigan shpallardan foydalanishning bundan buyon ham maqsadga muvofiqligi munosabati bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Fleks” kompaniyasi bojxona omboridan yetkazib beriladigan 750 ming dona temir yoʻl elastik mahkamlanadigan shpallar 2010-yilning 1-yanvarigacha mustasno tariqasida, bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-mart,
PQ-598-son