PQ-607-son Qaror · 22.03.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-607
  • Qabul qilingan sana:22.03.2007
  • Kuchga kirgan sana:22.03.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 13

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ–601-sonli qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 170-modda)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentiga yangi kiritilgan shuʼba mudiri lavozimiga Yagona tarif setkasi boʻyicha 18-razryadli ish haqi belgilansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ–131-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-apreldagi PQ–316-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasi toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi PQ–358-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 22-mart,

PQ-607-son

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 170-modda)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.