PQ-613-son Qaror · 02.04.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-613
  • Qabul qilingan sana:02.04.2007
  • Kuchga kirgan sana:02.04.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 14

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi boshligʻi — moliya vaziri oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-martdagi PQ-36-sonli qarorning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 2-aprel,

PQ-613-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.