2006-yilning 13-oktabrida boʻlib oʻtgan Andijon viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qoʻyilgan vazifalarni soʻzsiz bajarish, shuningdek qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirishda shaxsiy masʼuliyatni kuchaytirish maqsadida.
1. Xodimlar soni 48 kishidan iborat Andijon viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangi tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-oktabr,
PQ-492-son