Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyati faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi xodimlarining tasdiqlangan umumiy soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Matbuot kotibi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 191-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev) Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari (R.V. Abduqodirov) bilan birgalikda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari va Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlarining shtat jadvalini mazkur Qarorga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-mart,
PQ-296-son