PQ-661-son Qaror · 28.06.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimini kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-661
  • Qabul qilingan sana:28.06.2007
  • Kuchga kirgan sana:28.06.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25-26

Davlat soliq xizmati organlari zimmasiga qoʻshimcha vazifalar yuklatilishi munosabati bilan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoʻshimcha kiritilgan shtat birligi uchun budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xizmat avtomashinalari limitini qayta koʻrib chiqsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 45-son, 511-modda)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 28-iyun,

PQ-661-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.