PF-3930-son Farmon · 23.10.2007

Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3930
  • Qabul qilingan sana:23.10.2007
  • Kuchga kirgan sana:23.10.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 43

Maʼmuriy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, transport va transport kommunikatsiyalari sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi taʼsischilarining Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-oktabrdagi PF-3498-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 23-oktabr,

PF-3930-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.