Respublika yoʻl fondiga yigʻimlar toʻlash boʻyicha imtiyozlar berishni tartibga solish hamda toʻlovlardan boʻyin tovlash holatlarining oldini olish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 36-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʻlda boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobil va/yoki motokolyaska sotib oladigan barcha guruh nogironlari;”.
2. Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartish 2007-yilning 1-noyabridan kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-oktabr,
PQ-714-son