PQ-719-son Qaror · 31.10.2007

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-719
  • Qabul qilingan sana:31.10.2007
  • Kuchga kirgan sana:31.10.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 44

1. Quyidagilar:

Rossiya Federatsiyasidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan migrant ishchilar va Oʻzbekiston Respublikasidagi Rossiya Federatsiyasi fuqarolari boʻlgan migrant ishchilarning mehnat faoliyati va ularning huquqlarini himoya qilish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2007-yil 4-iyulda Toshkent shahrida imzolangan Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2007-yil 4-iyulda Toshkent shahrida imzolangan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik qilish haqidagi Bitim;

(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1-iyuldagi PQ-2196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1-iyuldagi PQ-2196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklar hamda idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan soʻng belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 31-oktabr,

PQ-719-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.