PQ-863-son Qaror · 07.05.2008

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-863
  • Qabul qilingan sana:07.05.2008
  • Kuchga kirgan sana:07.05.2008
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 20-21

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik mashinasozligi tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-apreldagi PQ-830-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007—2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-sonli qarori 2-ilovasining 14 va 16-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 7-may,

PQ-863-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.