“Yoshlar yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda onalar va bolalar sogʻligʻini har tomonlama mustahkamlashni taʼminlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, homilador ayollar va chaqaloqlar patologiyasini barvaqt aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish, bolalar nogironligini qisqartirish maqsadida:
1. 2008 — 2012-yillar davrida nogiron bolalar tugʻilishining oldini olish uchun tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturi sifatli va oʻz vaqtida roʻyobga chiqarilishini amaliy ravishda muvofiqlashtirib, nazorat qilib borilishini taʼminlasin.
2. Belgilansinki, Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish, 2-ilovaga* muvofiq, sogʻliqni saqlash muassasalariga har yili ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Mazkur Davlat dasturini amalga oshirish doirasida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan reagentlar, sarflash materiallari, shifobaxsh bolalar taomlari, dori-darmonlar va boshqa tovarlar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish doirasida tuzilgan import kontraktlarining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi bilan birgalikda Davlat dasturini amalga oshirishga har tomonlama yordam koʻrsatsinlar va rivojlanishida tugʻma nuqsonlari boʻlgan bolalar tugʻilishining oldini olish ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va F.Sh. Akbarova zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-iyun,
PQ-892-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-iyundagi PQ-892-son qaroriga1-ILOVA
2008-2012-yillar davrida bolalikdan nogironlar tugʻilishining oldini olish uchun tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Xarajatlar Moliyalashtirish manbalari Kutilayotgan natija Bajarish uchun masʼullar I. Tugʻma va irsiy kasalliklarning birlamchi profilaktikasini takomillashtirish 1. Mahallalarda, shu jumladan tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi orqali davra suhbatlari, uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etish yoʻli bilan tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish masalalari boʻyicha aholi orasida maʼrifiy ishlar olib borish 2008—2012-yillar Bajaruvchilar mablagʻlari Aholining tibbiy savodxonligini oshirish Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Yoshlarni jalb etgan holda tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish masalalari boʻyicha maktablar, litseylar, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida seminarlar, treninglar va konferensiyalar tashkil etish 2008—2012-yillar Bajaruvchilar va “Sogʻlom avlod uchun” NXX� mablagʻlari Yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 3. Tugʻma nuqsonlari boʻlgan bolalar tugʻilishining oldini olish masalalari boʻyicha broshyuralar, bukletlar, plakat va postyerlar chop etish 2008—2012-yillar 96,3 mln. soʻm Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida va “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ mablagʻlari Aholining tibbiy savodxonligini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamgʻarmasi 4. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari xodimlari, jurnalistlar, pedagoglar va boshqa mutaxassislar bilan tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasi toʻgʻrisida ularning bilimlarini oshirish boʻyicha seminar-treninglar turkumini tashkil etish 2008—2012-yillar Yoshlar orasida ishlayotgan mutaxassislarning tibbiy savodxonligini oshirish Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, OʻzA 5. Erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar bilan bogʻliq xavf-xatardan ogoh qilish yoʻli bilan nikohga kirayotgan shaxslarning tibbiy madaniyatini oshirish, tugʻruqlar orasidagi eng maqbul muddatga rioya etish boʻyicha tavsiyalar berish 2008—2012-yillar 161,1 mln soʻm Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida Yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamgʻarmasi 6. Sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini vrachlari tomonidan tugʻma patologiyaning oldini olish maqsadlarida tugʻishga qobil yoshdagi ayollar oʻrtasida profilaktik va tushuntirish ishlari olib borish 2009-yil 22,5 mln. soʻm Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida Aholining tibbiy savodxonligini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi 7. “Turkiston”, “Molodyoj Uzbekistana”, “Oila va jamiyat” gazetalari, “Yosh kuch”, “Sogʻlom avlod”, “Saodat” jurnallari sahifalarida sogʻlom oilani shakllantirishga, tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasiga bagʻishlangan doimiy rukn tashkil etish 2008—2012-yillar Aholining tibbiy savodxonligini oshirish Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, OʻzA, Sogʻliqni saqlash vazirligi 8. Mintaqaviy skrining markazlari mutaxassislari ishtirokida tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasi yoʻllari toʻgʻrisida oylik telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish 2008—2012-yillar Aholining tibbiy savodxonligini oshirish Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, OʻzA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 9. Internetda Respublika skrining markazi va uning filiallari veb-saytini yaratish, unga ular faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish 2008-yil 5,0 mln. soʻm Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida Tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasi yoʻllari toʻgʻrisida aholining xabardorligini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi II. Skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 10. Skrining oʻtkazish boʻyicha biomaterial olish uchun maxsus filtrlangan qogʻozli blankalar bilan taʼminlash 2008—2012-yillar 339,4 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari TK va FKU, mukovissidozdan bolalar nogironligini pasaytirish “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi 11. Neonatal skriningni (TK, FKU va mukovissidozga) oʻtkazish uchun reagentlar bilan taʼminlash 2008—2012-yillar 7779,8 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari TK va FKU, mukovissidozdan bolalar nogironligini pasaytirish “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi 12. Tugʻma gipotireozga, fenilkenoturiya va mukovissidozga chalingan bolalarni maxsus shifobaxsh taom va doridarmonlar bilan taʼminlash 2008—2012-yillar 1683,2 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari Nogironlikning oldini olish maqsadida TK, FKU, mukovissidozga chalingan bolalarni davo?ash “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi 13. Prenatal skrining oʻtkazish uchun reaktivlar va sarflash materiallari bilan taʼminlash 2008—2012-yillar 2541,7 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari Rivojlanishida tugʻma nuqsonlar boʻlgan bolalar tugʻilishining oldini olish “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi 14. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida mintaqaviy skrining markazlari tashkil etish, ularni prenatal va neonatal skrining oʻtkazish uchun biokimyo analizatorlari (2 ta) bilan jihozlash 2009—2011-yillar 188,6 mln. soʻm 260,0 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ mablagʻlari Aholining skrining tadqiqotlar bilan qamrab olinishini oshirish Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hokimliklari, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi 15. Skrining markazlarini prenatal skrining oʻtkazish uchun yuksak darajada aniqlik bilan ishlaydigan ultratovush skanyerlari (14 ta) bilan jihozlash 2008-yil va 2010-yil 1830,7 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari Homila rivojlanishining tugʻma nuqsonlarini aniqlash uchun perenatal skrining qamrovi va sifatini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi 16. Skri�ing markazlarini biomaterial va reagentlarni yetkazib berish, aholi orasida sanitariya-maʼrifiy ishlar olib borish uchun “Damas” avtomobillari (14 ta) bilan taʼmnilash 2009—2010-yillar 155,0 mln.soʻm Budjet mablagʻlari Skrining markazlari ish sifatini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 17. Skrining markazlarini biomaterial va reagentlarni saqlash uchun sovitish qurilmalari (14 ta) bilan taʼminlash 2009-yil 9,8 mln.soʻm Budjet mablagʻlari Biomaterial va reagentlarni saqlash sifatini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi 18. Respublika skrining markazini gaz-suyuqlik xromatografi (1 ta) va butlovchi materiallar bilan jihozlash 2009-yil 150,0 ming AQSh dollari “Sogʻlom avlod uchun” NXXJning budjetdan tashqari mablagʻlari Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi 19. Skrining tadqiqotlarini oʻtkazish uchun reaktiv va sarflash materiallari bilan taʼminlash 2008—2012-yillar 252,0 ming AQSh dollari “Sogʻlom avlod uchun” NXXJning budjetdan tashqari mablagʻlari Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash “Sogʻlom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamgʻarmasi 20. Respublika skrining markazini mukovissidoz diagnostikasi uchun apparatlar bilan jihozlash (2 ta) 2009-2010-yillar 12,0 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari Tugʻma va irsiy kasalliklardan bolalar nogironligini va oʻlimini kamaytirish Sogʻliqni saqlash vazirligi 21. Respublika skrining markazini butlovchi materiallar bilan birga aminokislotali analizator bilan jihozlash (1ta) 2010-yil 80,0 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash Sogʻliqni saqlash vazirligi 22. Skrining markazlarini biomaterialga ishlov beruvchi elektron uskunalar bilan jihozlash (14 ta) 2008-yil 69,3 ming AQSh dollari Budjet mablagʻlari Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash Sogʻliqni saqlash vazirligi III. Skrining markazlari mutaxassislari malakasini yanada oshirish 23. Skrining markazlari mutaxassislarining malakasini yetakchi xorij mamlakatlarida har yili oshirish (har yili 8-10 tadan vrach) 2008—2012-yillar 30,0 mln. soʻm Ajratilgan budjet mablagʻlari va grant mablagʻlari doirasida Mutaxassislar malakasini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi 24. “Nogiron bolalar tugʻilishining oldini olish uchun tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturini amalga oshirishga oid vazifalar toʻgʻrisida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish 2008-yil 6,0 mln soʻm Bajaruvchilar mablagʻlari Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari va yoʻllarini belgilash Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi 25. Respublika skrining markazi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti negizida umumiy amaliyot vrachlari uchun tibbiyot genetikasi boʻyicha ixtisoslashuvniig doimiy ishlaydigan turkumini tashkil etish (3 oy) 2008—2012-yillar 5,0 mln soʻm Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Mutaxassislar malakasini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi 26. Respublika skrining markazi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti negizida ultratovush diagnostikasi vrachlari uchun trening va vrach-laborantlar uchun ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish 2008—2012-yillar 17,0 mln soʻm Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Mutaxassislar malakasini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish 27. Bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash masalalari boʻyicha yetakchi xorij mutaxassislarini jalb etgan holda ilmiy seminarlar va konferensiyalar tashkil etish 2009—2012-yillar 20,0 mln. soʻm Bajaruvchilar mablagʻla�i Mutaxassislar malakasini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 28. Nogiron bolalar tugʻilishining oldini olish uchun tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash sohasidagi ilgʻor tajribani joriy etish masalalari boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazish 2010-yil 20,0 mln.soʻm Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Mutaxassislarning tajriba almashuvi, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi 29. Etakchi xorijiy markazlarda Respublika va viloyat skrining-markazlari mutaxassislarini oʻquv treninglarida qatnashishini tashkil etish 2009—2012-yillar Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari Mutaxassislar malakasini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ 30. Etakchi xorijiy skrining-markazlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va tajriba almashish. 2009—2012-yillar Bajaruvchilar mablagʻlari Mutaxassislar malakasini oshirish Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” NXXJ