PF-4055-son Farmon · 21.11.2008

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4055
  • Qabul qilingan sana:21.11.2008
  • Kuchga kirgan sana:21.11.2008
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 48

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tijorat banklari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish sohasidagi baʼzi hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 21-noyabr,

PF-4055-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-noyabrdagi PF-4055-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻzgartishlar kiritiladigan hujjatlari roʻyxati

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.