PQ-1030-son Qaror · 05.01.2009

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1030
  • Qabul qilingan sana:05.01.2009
  • Kuchga kirgan sana:05.01.2009
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1-2

Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuniga muvofiq:.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“aksiyadorlik jamiyatlari boʻlgan yuridik shaxslar boʻyicha — qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish vakolatiga ega davlat organiga”;

toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 5-yanvar,

PQ-1030-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.