PQ-937-son Qaror · 06.08.2008

“Qoʻngʻirot kompressor stansiyasida gaz namini qochirish qurilmasini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-937
  • Qabul qilingan sana:06.08.2008
  • Kuchga kirgan sana:06.08.2008
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 8

[Koʻchirma]

Zamonaviy texnologiyalarni gazning namini qochirish jarayoniga tatbiq etgan holda eksportga sotiladigan tabiiy gaz sifatini xalqaro talablar darajasiga yetkazish maqsadida:

1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:

“Oʻztransgaz” AK tomonidan hisoblab qoʻyilgan qiymati ekvivalenti 43,41 mln. dollarga teng miqdorda “Qoʻngʻirot kompressor stansiyasida gaz namini qochirish qurilmasini barpo etish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan va gazning namini qochirish qurilmasini loyihalashtirish hamda texnologik uskunalarni yetkazib berish uchun “CW Singapore PTE LTD” (Singapur) kompaniyasi bilan jami 27,8 mln. dollarga teng miqdorda kontrakt tuzilgan;

“CW Singapore PTE LTD” kompaniyasi tomonidan uskunalar tayyorlashning uzoq muddatli buyurtmalari joylashtirilgan va “Oʻzbekneftgaz” MXKning “Oʻzbekkimyomash” zavodi” OAJ bilan 8 dona adsorber (qurilmaning asosiy apparati)ni tayyorlash toʻgʻrisida ahdlashuvga erishilgan.

2. Belgilansinki, “Qoʻngʻirot kompressor stansiyasida gaz namini qochirish qurilmasini barpo etish” loyihasini moliyalashtirish:

“Oʻzbekneftgaz” MXKning ekvivalenti 18,41 mln. dollarga teng shaxsiy mablagʻlari hisobidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 1,5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 6 yil boʻlgan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,5 % li marjasini qoʻshganda yillik 4,0%li stavka bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtiriladigan 25,0 mln. dollar miqdoridagi krediti hisobidan amalga oshiriladi.

“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishga hamda loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi hamda kreditlarni uzish va ularga foizlarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar kompaniyaning oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

“Qoʻngʻirot kompressor stansiyasida gaz namini qochirish qurilmasini barpo etish” loyihasining TIAsi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditlari boʻyicha asosiy qarzni uzish va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi oʻn kun muddatda “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbekkimyomash” zavodi” OAJning “CW Singapore PTE LTD” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir hafta muddatda “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbekkimyomash” zavodi” OAJning “CW Singapore PTE LTD” kompaniyasi bilan tuzgan shartnomalari roʻyxatga olinishi (hisobga qoʻyilishi)ni taʼminlasin.

6. Quyidagilar loyihani amalga oshirish doirasida:

“Oʻzbekkimyomash” zavodi” OAJ tomonidan 2008-yilda olib kelinadigan, 8 dona adsorber tayyorlashda ishlatiladigan 464,8 tonna miqdordagi metall prokati bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;

“Oʻzbekkimyomash” zavodi” OAJ 8 dona adsorberni “CW Singapore PTE LTD” kompaniyasiga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Qoʻngʻirot kompressor stansiyasida gaz namini qochirish qurilmasini barpo etish” loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi Investitsiya dasturiga kiritsin.

9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 6-avgust,

PQ-937-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-avgustdagi PQ-937-son qaroriga1-ILOVA

“Qoʻngʻirot kompressor stansiyasida gaz namini qochirish qurilmasini barpo etish” loyihasi TIAsining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-avgustdagi PQ-937-son qaroriga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali

*Kreditni qaytarishning kalendar sanalaridan kelib chiqib aniqlanishi lozim.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.