PQ-1098-son Qaror · 15.04.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1098
  • Qabul qilingan sana:15.04.2009
  • Kuchga kirgan sana:15.04.2009
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 16

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari tugatilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiyalar masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari kiritilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining yangi markaziy apparati tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 15-aprel,

PQ-1098-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.