PF-320-son Farmon · 17.01.1992

Oʻrta osiyo temir yoʻlining qarshi boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-320
  • Qabul qilingan sana:17.01.1992
  • Kuchga kirgan sana:17.01.1992
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 3

Turkmaniston temir yoʻli tashkil etilishi munosabati bilan va Qashqadaryo viloyati hududida temir yoʻl orqali yuk va yoʻlovchilar tashishni boshqarish samaradorligini taʼminlash maqsadida:

1. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Qarshi boʻlimi tashkil etilib, uning tarkibiga Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hududlarida joylashgan temir yoʻl uchastkalari, stansiyalari, razyezdlari hamda temir yoʻl transportining boshqa korxonalari va tashkilotlari kiritilsin.

2. Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasiga Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlari ijroiya komitetlari bilan kelishib, temir yoʻlning ana shu boʻlimi chegarasini, unga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar roʻyxatini, shuningdek ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga oid tadbirlarni belgilash topshirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 17-yanvar,

PF-320-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.