Davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy, aqliy va maʼnaviy jihatdan barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. Ish stajining toʻliq pensiya tayinlash uchun talab etiladigan miqdoridan ortiq qismini hisoblab chiqishdagi mavjud cheklashlar 2002-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
2. Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha onalarga beriladigan oylik nafaqalar miqdori 2002-yilning 1-fevralidan boshlab eng kam ish haqining 170 foizi, 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab esa 200 foizi miqdorida belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-dekabrdagi PF-4491-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 586-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi PF-1383-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-yanvar,
PF-3017-son