PQ-1052-son Qaror · 02.02.2009

“Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1052
  • Qabul qilingan sana:02.02.2009
  • Kuchga kirgan sana:02.02.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 2-oktabrdagi PQ-969-sonli Qaroriga muvofiq hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar uchun Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan beriladigan kredit mablagʻlaridan foydalangan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan “China National Machinery Import & Export Corporation” korporatsiyasi oʻrtasida “Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida uskunalar, ehtiyot qismlar yetkazib berish, shef-montajni amalga oshirish, sozlash va oʻqitish boʻyicha qiymati 5,76 mln. AQSH dollari miqdoriga teng shartnoma tuzilgan;

mazkur shartnomani moliyalash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, XXR Eksimbankining 5 yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda, 20 yil muddatga berilgan 5,76 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi agentlik, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat koʻrsatish va moliyalashni tashkil etish bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

“Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari uning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan 1-ilovaga muvofiq;

loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalarni amalga oshirish jadvali 2-ilovaga muvofiq;

XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini uzish, loyiha boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalash uchun XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini hamda XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kredit shartnomasini tuzsin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolat berishga vakil etib tayinlansin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yakka tartibdagi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasining kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

7. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida:

XXR Eksimbanki — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻi toʻlashdan;

XXR Hukumatining kredit liniyasi mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovarlar boʻyicha — bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin, ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 2-fevral,

PQ-1052-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 2-fevraldagi PQ-1052-son qaroriga 1-ILOVA

“Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari

* Koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari, qurilish ishlarini batafsil rejalashtirish natijalariga koʻra, shuningdek, qarz mablagʻlarining haqiqiy oʻzlashtirish summasi va sanasiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 2-fevraldagi PQ-1052-son qaroriga 2-ILOVA

“Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish”loyihasini bajarish uchun investitsiyalar kiritish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 2-fevraldagi PQ-1052-son qaroriga 3-ILOVA

XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini uzish, “Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlash

* Asosiy qarzni toʻlashning dastlabki sanasi kredit shartnomasi kuchga kirish sanasiga bogʻliq.

** Komissiyalar va foizlar kreditning haqiqiy summasi, yetkazish (tanlab olish) sanasi hamda kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.

*** Kreditni tanlab olish davri prognoz hisoblanib, kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.