Toshkent shahridagi korxonalar, obyektlar va aholini elektr bilan taʼminlashning ishonchliligini oshirish, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarga taqdim etilayotgan mablagʻlardan foydalangan holda investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Tanlov asosida tanlab olingan “Xian Electric Engineer Co. Ltd” kompaniyasi bilan birga “Toshkent shahrining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish (VL 220 kVga bogʻlamalari bilan “Keles” 220 kV PS, 110 kV kabel liniyasi bilan PP 110 kV “Navoiy” va PS 110 kV “Sayilgoh”)” loyihasini amalga oshirish doirasida 27 742,0 ming AQSH dollari qiymatidagi elektr uskunalari va materiallar yetkazib berish boʻyicha kontrakt imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, cheklangan qiymati 59 166,94 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan “Toshkent shahrining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish” loyihasini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
qiymati 32 812,04 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan “Oʻzbekenergo” DAKning oʻz mablagʻlari;
XXR Eksimbankining 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga taqdim etilgan, “Oʻzsanoatqurilishbank” AK orqali qayta moliyalashtiriladigan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foizlik marjasi bilan yillik foiz stavkasi 2 foiz boʻlgan 26 354,9 ming AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari.
3. “Oʻzbekenergo” DAK XXR Eksimbankining qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun masʼul ijrochi organ va qarz oluvchi etib belgilansin.
Kreditlarni soʻndirish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekenergo” DAKning valyuta mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Uskunalarning yakuniy qiymati “Oʻzstandart” agentligida akkreditatsiyadan oʻtgan konsalting kompaniya tomonidan ularni yuklab joʻnatish vaqtida aniqlanadi.
4. Quyidagilar:
obyektlarni 2009-yil dekabr oyida foydalanishga topshirgan holda, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga 1-ilovaga muvofiq;
XXR Eksimbanki kreditini soʻndirish, loyiha boʻyicha foizlar va vositachilik toʻlovlarini toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. “Oʻzsanoatqurilishbank” AK XXR Eksimbanki bilan qarz shartnomasini va “Oʻzbekenergo” DAK bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Oʻzsanoatqurilishbank” AKning XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berish vakolati taqdim etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda qarz shartnomasida nazarda tutilgan shaklga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining kafolati boʻyicha yuridik xulosa bersin.
7. “Oʻzbekenergo” DAK va “Oʻzsanoatqurilishbank” AK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda XXR Eksimbanki qarz mablagʻlariga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi mablagʻlarni jamlash hamda qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. Loyihani amalga oshirish davrida quyidagilar:
mazkur loyiha doirasida XXR Eksimbanki mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlar asosida “Oʻzbekenergo” DAK tomonidan olib kiriladigan uskunalar va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
mazkur loyiha doirasida “Oʻzbekenergo” DAK va uning korxonalari tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshimcha qiymat soligʻi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga va Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” DAKning buyurtmanomalariga asosan ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” DAK buyurtmanomalariga binoan, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddati uzaytirilishini davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-may,
PQ-1115-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-maydagi PQ-1115-son qaroriga 1-ILOVA
“Toshkent shahrining tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish” (VL 220 kVga bogʻlamalari bilan “Keles” 220 kV PS, 110 kV kabel liniyasi bilan PP 110 kV “Navoiy” va PS 110 kV “Sayilgoh”) loyihasi TIAsining
* Loyihani amalga oshirishga jalb qilinayotgan mavjud asosiy fondlarning qiymati bilan birga.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-maydagi PQ-1115-son qaroriga 2-ILOVA
Izohlar:
* asosiy qarzning ilk toʻlov sanasi qarz shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq;
** foizlar va komissiya toʻlovlarini toʻlash summasi qarzni haqiqatda oʻzlashtirish, yetkazib berish (olish) va qarz shartnomasining kuchga kirish sanalariga qarab aniqlashtiriladi;
*** qarzni olish sanalari prognoz xarakteriga ega boʻlib, qarz shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.