PQ-1178-son Qaror · 25.08.2009

Ustyurt mintaqasidagi Shoxpaxta konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirib borishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1178
  • Qabul qilingan sana:25.08.2009
  • Kuchga kirgan sana:25.08.2009
  • Holati:Amalda

2004-yil 14-aprelda “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium oʻrtasida tuzilgan Shoxpaxta konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim doirasida texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni maqbullashtirish maqsadida:

1. Muzokaralar yakunlari boʻyicha 2004-yil 14-aprelda “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium oʻrtasida tuzilgan Shoxpaxta konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi Bitimga 2009-yil 1-yanvardan tabiiy gazning yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 18,5 foizdan 30 foizgacha oshirishni nazarda tutuvchi 1-son Qoʻshimcha bitim imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisiga Shoxpaxta konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi Bitimga 1-son Qoʻshimcha bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 25-avgust,

PQ-1178-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.