PF-3101-son Farmon · 01.07.2002

2001-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3101
  • Qabul qilingan sana:01.07.2002
  • Kuchga kirgan sana:01.07.2002
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 6-7

Respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida:

1. 2002-yilning 1-avgustidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, oliy oʻquv yurtlari talabalarining, oʻrta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1,15 baravar oshirilsin.

2. 2002-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi — oyiga 4535 soʻm;

yoshga doir pensiyalar — oyiga 8970 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulinchi) razryad — oyiga 4535 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 8970 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 5435 soʻm miqdorida belgilansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolalik oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar 2002-yil 1-avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan moliyalanadigan tashkilot va muassasalar bilan birgalikda mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mansab maoshlari miqdorini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni taʼminlasinlar.

5. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar respublika Davlat budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin.

6. Xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat sarfini kamaytirish hisobidan belgilangan tartibda 2002-yil 1-avgustidan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirsinlar.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-martdagi PF-3045-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Ushbu Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 1-iyul,

PF-3101-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.