PQ-1272-son Qaror · 28.01.2010

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1272
  • Qabul qilingan sana:28.01.2010
  • Kuchga kirgan sana:28.01.2010
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 5

1. Masqat shahrida (Oʻmon Sultonligʻi) 2009-yil 5-oktabrda imzolangan quyidagi:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Oʻmon Sultonligi Hukumati oʻrtasida savdo va iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Oʻmon Sultonligi Hukumati oʻrtasida Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi binosini qurish va ilmiy-madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Oʻmon Sultonligi Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Oʻmon Sultonligi hukumati nomidan Turizm vazirligi oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Anglashuv memorandumi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Oʻmon Sultonligi Hukumati oʻrtasida ikki yoqlama soliq solishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish, toʻgʻrisidagi bitm bilan bayonnomaga oʻzgartish kiritish haqida Qoʻshimcha bayonnoma tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 28-yanvar,

PQ-1272-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.