PF-3158-son Farmon · 05.11.2002

“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3158
  • Qabul qilingan sana:05.11.2002
  • Kuchga kirgan sana:05.11.2002
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 10-11

Oʻzbekiston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida va begʻaraz texnikaviy yordam koʻrsatish uchun olib kelinayotgan tovarlarni bojxona orqali tezkor rasmiylashtirish maqsadida:

1. “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻn kun muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga:

amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;

idoralar oʻz normativ hujjatlarini mazkur Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirishlarini taʼminlasin.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 5-noyabr,

PF-3158-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 5-noyabrdagi PF-3158-son Farmoniga ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasiga kiritiladigan qoʻshimchalar

“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.‎ Insonparvarlik yordami sifatada va begʻaraz texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida olib kelinadigan tovarlar‎ Qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, bojxona poshlinasi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻim‎

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.