PQ-127-son Qaror · 21.07.2005

Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya Xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli krediti mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-127
  • Qabul qilingan sana:21.07.2005
  • Kuchga kirgan sana:21.07.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) oʻrtasida 1999-yil 14-dekabrdagi UZB — R4-sonli Kredit bitimida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida:

1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:

Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli (12 692 mln yapon yenasi) krediti doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (II bosqich)” loyihasini amalga oshirish davomida jami 2 738,0 mln yapon yenasi miqdoridagi mablagʻ tejab qolindi;

Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, moliya va iqtisodiyot vazirliklari, tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining JBIC imtiyozli krediti mablagʻlarini qayta taqsimlash va shu mablagʻlarning oʻzlashtirishning uzil-kesil muddatini 2006-yilning 10-oktabrigacha uzaytirish toʻgʻrisidagi, shuningdek tejalgan mablagʻlardan “Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish (kengaytirish) (II bosqich)” loyihasini moliyalashtirish boʻyicha ilovaga* muvofiq foydalanishning yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi takliflarini hisobga olgan holda Kredit bitimiga kiritilgan tuzatishlar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki tomonidan maʼqullandi.

*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.Aripov), Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (N.Najimov) mazkur Kredit bitimi doirasida tuzilgan kontraktlarga imtiyozli kreditning tejalgan mablagʻlaridan foydalanishga doir qoʻshimcha bitimlar tuzilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasinlar.

3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 21-iyul,

PQ-127-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.