PQ-204-son Qaror · 20.10.2005

“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-204
  • Qabul qilingan sana:20.10.2005
  • Kuchga kirgan sana:20.10.2005
  • Holati:Amalda

[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-avgustdagi F-2306-sonli farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatdiki, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK va “Oʻzspirtsanoat” AJ tizimiga kiruvchi spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari qoniqarsiz moliyaviy koʻrsatkichlarga ega korxonalarning 85 foizi past rentabelli, 65 foizi esa nochor korxonalardir.

Korxonalarning ogʻir iqtisodiy ahvoliga tushib qolishining sababi koʻp miqdordagi maʼnaviy jihatdan eskirgan va foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, transport vositalari, binolar, inshootlar, boshqa asosiy fondlar, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlarning mavjudligidir. Natijada ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarda 52 foizni, vinochilik korxonalarida esa 50 foizni tashkil etadi.

Yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, samarasiz xarajatlarni kamaytirish va shu asosda alkogol va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishni amalga oshirish maqsadida:

1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK va “Oʻzspirtsanoat” AJ korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha maxsus komissiyaning quyidagi masalalar boʻyicha takliflari qabul qilinsin:

ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmayotgan asosiy vositalarni 1-ilovaga muvofiq kim oshdi savdosi orqali sotish;

2-ilovaga muvofiq birja savdolarida mulkiy komplekslar shaklidagi obyektlarni sotish;

obyektlarni, davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlarini investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” sotib olish qiymatida 3-ilovaga muvofiq tanlov asosida sotish;

4-ilovaga muvofiq mulkiy majmualarni oʻzlari joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda tegishli korxona va tashkilotlarning balansiga oʻtkazish;

5-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha foydalanilmayotgan asosiy vositalarni 2008-yil 1-yanvargacha konservatsiya qilish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK va “Oʻzspirtsanoat” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda auksionlarda va fond birjalarida sotiladigan, shuningdek tegishli korxona va tashkilotlarning balansiga beriladigan mol-mulkning tarkibi va taxminiy qiymatini aniqlasin.

3. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tenderlar oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi (Golishev):

bir oy muddatda zarar keltiradigan kompleks obyektlar, davlat aksiyalar paketlari (ulushlari), shuningdek qurilishi tugallanmagan qurilish obyektlarini investitsiya majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan investorlar ishtirokida “nol” sotib olish qiymatida realizatsiya qilinishning kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin va monitoringini oʻrnatsin;

uch oy muddatda malakali moliyaviy-texnik maslahatchilarni jalb etgan holda konservatsiyalangan asosiy vositalarni boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qayta ixtisoslashtirgan holda investorlarga sotish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni taʼminlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Belgilansinki, 1 — 5-ilovalarga kiritilgan obyektlarni sotishdan tushgan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi va ular kreditlar, soliqlar boʻyicha qarzlarni toʻlash va soha korxonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.

9. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK uch oy muddatda maʼlumotlarining jamlangan koʻrsatkichlari uchun tegishli himoya mavjudligini hisobga olgan holda, alkogolli ichimliklarni idishlarga quyish boʻyicha barcha liniyalarda tayyor mahsulotlarni hisobga olish uchun elektron hisoblagichlar oʻrnatilishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi yangi nizomni tasdiqlasin, bunda, ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish hamda etil spirti va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha komissiyadan ruxsat oladigan korxonalarda direktorning rejim boʻyicha oʻrinbosari va moliya inspektori lavozimlarini kiritish nazarda tutilsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyevga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 20-oktabr,

PQ-204-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga1-ILOVA

Ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmayotgan, kim oshdi savdosi orqali sotiladigan asosiy vositalar

T/rKorxonalar nomiMintaqasotiladigan asosiy vositalar sonijami (birlik)jumladan:Jihozlar(birlik)avtotransport vositalari (birlik)“Oʻzplodovoschvinsanoat-xolding” XK1. “Nukus spirt” OAJQoraq.Res———2.“Nukus vino zavodi” OAJQoraq.Res.211923.“Boston vino zavodi” OAJQoraq.Res.———4.“Xoʻjaobod Sharob” OAJAnd. vil.800779215.“Shoxrud” OAJBux. vil.21821446.“Baxmal Sharob” OAJJiz. vil.7437.“Namanganvino” OAJNam. vil.25124658. “Yangiqoʻrgʻon meva va uzumni qayta ishlash” OAJNam. vil.666429.“Bogʻizogʻon” MCHJSam. vil.44—10. Xovrenko nomidagi OAJSam. vil.168168—11. “Bulungʻur” OAJ QKSam. vil.———12. Mirzo Ulugʻbek nomidagi MCHJSam. vil.———13.“Sirdaryo vinzavod” OAJSir. vil.11—14.“Denov vino-aroq” OAJSurx. vil.3022891315.“Sharob” (Oltinsoy) OAJSurx. vil.4441316.“Shahrisabz vino-aroq” OAJTosh. vil.43331017. “Yangiyoʻl” (vinzavodi)OAJTosh. vil.56431318. “Konvin” OAJ QKTosh. vil.74621219.“Parkent sharob” OAJTosh. vil.98120. “Mastona” OAJFargʻ.vil.1841721221. “Sharob” (Urganch) OAJXor. obl.107104322.“Oʻzbekiston shampani” OAJToshkent shahri1061006Jami24612351110“Oʻzspirtsanoat” AJ23.“Andijon biokimyo zavodi” OAJAnd. vil.365365—24. “Zarafshon” OAJSam. vil.1831525. “Biokimyo” OAJTosh. vil.9209002026. “Toshkent vino” OAJTosh. vil.1751227.“Qoʻqon spirt” OAJFargʻ.vil.14712720Jami 13201273 47JAMI:39283751177

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga2-ILOVA

Birja savdolarida sotiladigan mulkiy majmualar

T/rT/rKorxonalar nomiMintaqaMulk majmuasining nomi12345“Oʻzplodoovoshvinsanoat-xolding” XK1.1.“Shahrisabz vino-aroq” OAJQashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahriQishki klub2.Bino 1-qavat (oshxona, doʻkon)3.“Ettitom” vinpunkti2.1.“Namanganvino” OAJNamangan viloyati, Namangan shahriDoʻkon 2.Ogʻilxona (Uychi)3.6. “Xoʻjaobod sharob”OAJAndijon viloyati, Xoʻjaobod tumaniSpirtni saqlash ombori7.Yopiq shiypon8.Metall shiypon9.Bogʻ (Xoʻjaobod harbiy stansiyasi) 10.Issiqxona 11.Metall shiypon 12.Tayyor mahsulotlar ombori 13.Vino saqlash ombori 14.Modul4.15.“Konvin” OAJ QKToshkent viloyati, Gʻazalkent shahriFirma doʻkoni16.Avtomobil garaji binosi5.17.“Mastona” OAJFargʻona viloyati, Qoʻqon shahriXomashyo bazasi18.“Olti-ariq” vinpunkti19.“Nursux” vinpunkti20.“Yakkatut” vinpunkti21.“Oʻzbekiston” vinpunkti22.Yordamchi xonalari boʻlgan bino23.Yongʻin stansiyasining binosi24.Avtotransport uchun shiypon25.Oʻtish yoʻlagi № 126.Ustaxona binosi27.Oʻtish yoʻlagi № 228.idishlar uchun shiypon29Xomashyo ombori30Maʼmuriy-maishiy korpus31.Qozonxona binosi32.avtotarozi binosi33.Ustaxona binosi34.Oʻtish yoʻlagi binolari35.Sharobni qayta ishlash uchun shiypon36.Vino ombori binosi37.Maʼmuriy korpus binosi38.avtotarozi binosi6.39.M.A. Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinatiSamarqand viloyati, Samarqand shahriOfis binosi40.Ishlab chiqarish shiyponi41.Omborxona binosi42.Tarozi binosi43.Qozonxona44.Ishlab chiqarish shiyponi45.Beton maydoncha46.Yongʻinga qarshi hovuz47.Xomashyo va materiallarni saqlash maydonchasi48.Tarozi binosi49.Omborxona binosi50.Ishlab chiqarish shiyponi51.Transf. Podstansiya binosi7.52.“Yangiqoʻrgʻon meva va uzumni qayta ishlash” OAJNamangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumani“Navroʻzobod” firma doʻkoni53. “Nanay” firma doʻkoni54. “Zarkent” firma doʻkoni55. “Yangiqoʻrgʻon” firma doʻkoni8.56. “Oltinsoy sharob”OAJSurxondaryo viloyati, Oltinsoy tumaniSex binosi 57.Sex binosi58.Vinpunkt binosi59.Mehmonxona60.Maʼmuriy bino61.Oshxona62.Omborxona63.Ayvon 64.Omborxona 65.Tugallanmagan qurilish66.Maʼmuriy bino67.Bajgʻitish boʻlimi68.Naves-ombor9.69.“ Urganch Sharob” OAJXorazm viloyati, Urganch shahriMaʼmuriy korpusning eski binosi70.Eski omborxona binosi71.Eski laboratoriya binosi72.Salqin ichimliklar paviloni73.“Urganch sh.” doʻkoni.74.“Yangiariq” doʻkoni “Oʻzspirtsanoat” AJ10.75.“Zarafshon” OAJSamarqand viloyati, Samarqand shahri“Feruza” kafesi76.Donni qabul qilish va saqlash uchun baza (Jomboy)11.77.“Qoʻqon spirt” OAJFargʻona viloyati, Qoʻqon shahriMexanik taʼmirlash ustaxonasi78.Taʼmirlash va qurilish ustaxonasi79.RSC blok sexi80.Omborxona № 281.Omborxona № 312.82. “Toshkentvino kombinati” OAJToshkent shahriDoʻkon (Sergeli tumani)83.“Tabiat sovgʻalari” doʻkoni13.84.“Biokimyo” OAJToshkent viloyati, Yangiyoʻl shahriKsilit sexi 85.MMM binosi 86.Sex № 20 XIT14.87.“Andijon biokimyo zavodi” OAJAndijon viloyati, Andijon shahriTemir-beton xlorella binolari, havo kompressorlari binosi, azot stansiyasi, markaziy ombor va kapital qurilish ombori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga3-ILOVA

Investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” sotib olish qiymatida tanlov asosida sotilishi lozim boʻlgan davlat aksiyalar paketlari (ulushlari), shuningdek qurilishi tugallanmagan qurilish obyektlari

T/rKorxonalar nomiJoylashuviSotish kerak boʻlgan joylashtirilmagan davlat aktivlari (%)1.“Nukus spirt” OAJQoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri512.Mirzo Ulugʻbek nomidagi MCHJSamarqand viloyati, Bulungʻur tumani513.“Bulungʻur” OAJ QKSamarqand viloyati, Bulungʻur tumani514.“Biokimyo” OAJ yordamchi xoʻjaligi Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahri1005.“Zarafshon” OAJ yordamchi xoʻjaligiSamarqand viloyati, Bulungʻur tumani100

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga4-ILOVA

Joylashgan yer uchastkalari bilan birga korxona va tashkilotlar balansiga oʻtkaziladigan mulkiy majmualar

T/rKorxonalar nomiObyektlar roʻyxati (mulkiy majmualar)Obyektlar er uchastkalari bilan birga beriladigan tashkilotlarnomiqoldiq qiymati (ming soʻm)1.“Xoʻjaobod sharob”OAJ, Andijon viloyati“Xoʻjaobod” vinpunkti er uchastkasi (0,77 ga)1 043,8Xoʻjaobod tuman hokimligi balansiga oʻtkazildi2.“Baxmal sharob” OAJ, Jizzax viloyati“Doʻlana” sogʻlomlashtirish oromgohi0,0kasaba uyushmalari balansiga oʻtkaziladi3.“Andijon biokimyo zavodi”Andijon viloyatiTozalash inshooti 74 300Andijon shahar bosh oqova suv tozalash inshootiga oʻtkaziladiHPV-5 (oʻt oʻchirish boʻlimi)72 300,0Andijon shahar hokimligi balansiga oʻtkazildi4.“Qoʻqon spirt” OAJ, Fargʻona viloyati“Vodil” dam olish maskani18 250kasaba uyushmalari balansiga oʻtkaziladi5.“Qoʻqon spirt” OAJ, Fargʻona viloyatiAvtogaraj ATC1 181,0Qoʻqon superfosfat zavodi balansiga oʻtkazildiHPV-12 (oʻt oʻchirish boʻlimi)26 412,0Qoʻqon shahar hokimligi balansiga oʻtkazildi6.“Konvin” OAJ QK, Toshkent viloyatiSogʻlomlashtirish markazi10 978kasaba uyushmalari balansiga oʻtkaziladi7. “Biokimyo” OAJ, Toshkent viloyatiHPV-19 (oʻt oʻchirish boʻlimi)169 097,2Yangiyoʻl shahar hokimligi balansiga oʻtkazildiJAMI373 562,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga5-ILOVA

2008-yil 1 yanvargacha konservatsiya qilinishi shart boʻlgan ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha foydalanilmayotgan asosiy fondlar

T/rNomi Obyektlar va asosiy vositalarning nomiqoldiq qiymati (million soʻm)1.“Buston” OAJbutunlay106,7“Baxmal sharob” OAJ butunlay99,9 “Yangiqoʻrgʻon meva va uzumni qayta ishlash” OAJbutunlay48,7Jami 255,32.“Andijon biokimyo zavodi” OAJII - navbat spirt sexi 3 591,5II spirt ishlab chiqarish yordamchi sexlari1 000,5Energetika majmuasining tugallanmagan qurilishi2 616,4Kislorod-vodorod sexi42,9Jami7 251,33.“Qoʻqon spirt” OAJII - navbat spirt sexi1 273,6“Bardosushki” ustaxonasining tugallanmagan qurilishi1 322,8Fermentatsiya ustaxonasi393,6Jami 1 419,24.“Biokimyo” OAJQozon bloki BKZ-75/39 GMA2, turbogenerator PR-6-35/15/5M1 288,0Xamirturush sexi1,5Kraxmal boʻlimi7,7Fermentatsiya sexi121,9Chiqindilarni qayta ishlash boʻlimi0,1Jami 1 419,25.“Zarafshon” OAJMMM binosi 22,1Jihozlar 4,0Jami 26,1Jami11 942,0

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.