Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan kengroq foydalanish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashi “Umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kredit ajratishi maʼqullaganligi;
loyihaning umumiy qiymati 43,0 million AQSH dollarini tashkil etishi, uni amalga oshirish muddati besh yilni tashkil etishi;
OTB krediti 20,4 million MQOH (maxsus qarz olish huquqi)ni tashkil etishi yoki 30 million AQSH dollari ekvivalentiga tengligi, toʻlov muddati 32 yil, shu jumladan sakkiz yil imtiyozli davrni oʻz ichiga olishi;
OTB krediti boʻyicha asosiy qarz va u boʻyicha foizlarni toʻlashni bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Loyihani moliyalashtirish rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Loyihani moliyalashtirish uchun ajratilgan OTB krediti va u boʻyicha foizlarini toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosa bersin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi loyihaning ijro etuvchi organi etib belgilansin, unga:
OTB kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatish va loyihani samarali amalga oshirish;
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) sotib olish boʻyicha tender va baholash komissiyalari tarkibini tasdiqlash;
loyihani amalga oshirish guruhining (LAOG) vazifalari OTB ishtirokida amalga oshirilayotgan Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarini nashr etish tizimini takomillashtirish (ikkinchi bosqich) boʻyicha LAOG zimmasiga yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankida loyihaning maxsus hisobvaragʻini ochsin;
Belgilangan tartibda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2006-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi sifatida:
investitsiya davrida loyiha doirasida import qilinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Oʻzbekiston Respublikasida OTB qarz mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) toʻlovdan qoʻshilgan qiymat soligʻi ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
9. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar quyidagi toʻlovlardan ozod etilsin:
kirish vizalarini rasmiylashtirishda konsullik va boshqa yigʻimlar;
koʻp martalik vizalar va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish davlat boji berilganda.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 9-noyabr,
PP-219-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-noyabrdagi PQ-219-son qaroriga1-ILOVA
“Umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini moliyalashtirish
(AQSH dollari, ming) T/rXarajat moddalariMoliyalashtirish manbaalari OTBOʻzbekiston RespublikasiJami I.Asosiy xarajatlar, jami27 7169 400 *37 116 Jumladan: 1.1.Maktablarni jihozlash uchun uskunalar xaridi860 ta maktabni tegishli AKT vositalari bilan taʼminlash va operatsion tarmoqqa ulash orqali milliy operatsion tarmoq yaratish, jumladan:— asosiy dasturiy taʼminot toʻplamiga ega standart tarmoqlar (tarmoqqa ulanishga tayyor boʻlgan ish stoli shaxsiy kompyuterlari) va kerakli periferik uskunalar;— har bir maktab uchun maʼmuriy boshqaruvni amalga oshirish maqsadida asosiy dasturiy taʼminot toʻplamiga ega alohida kompyuter.21 3356 97028 3051.2.AKTni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maktab oʻqituvchilarining kasbiy rivojlanish tizimini mustahkamlash— Xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha hududiy instituti (XTXMOHI)ning 220 nafar oʻqituvchisi va Taʼlim axborot resurs markazlarining 560 nafar xodimini umumtaʼlimda va har bir ustuvor fan boʻyicha AKTni rivojlantirish kurslarida oʻqitish;— Maktab tarmogʻi administratorlari/AKT koordinatorlaridan 1720 nafariga maktab tarmogʻini boshqarishda AKTdan foydalanish boʻyicha malaka oshirish;— 4300 nafar maktab oʻqituvchisiga ustuvor fanlarda AKTdan foydalanish boʻyicha oʻqitish;— 1720 nafar maktab administratorlarini maktab boshqaruvi, oʻqituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi va oʻqituvchilar faoliyati samaradorligini boshqarish tizimlari boʻyicha AKTdan foydalanish yuzasidan oʻqitish;— 860 ta maktab tarkibiga kirmaydigan 63200 nafar oʻqituvchi, texnik xodim va maktab administratorlarini ustuvor fanlar, maktab ichidagi boshqaruv, oʻqituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi va oʻqituvchilar faoliyati samaradorligini boshqarish tizimlari boʻyicha AKTdan foydalanish yuzasidan oʻqitish, shuningdek, 17800 nafar maktab tarmogʻi administratorlari/AKT koordinatorlarini maktab tarmogʻini boshqarish boʻyicha AKT koʻnikmalarini oshirish;— Mavjud malaka oshirish tizimini maktabga yaqinlashtirish va oʻqituvchilar uchun uning mavjudligini oshirish maqsadida oʻqituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi boʻyicha yangi detsentralizashtirilgan tizimni ishlab chiqish.9002 4302 330 1.3.AKTni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻquv-uslubiy resurslarni ishlab chiqish— XTXMOHIda 600 nafar elektron oʻquv materiallari ishlab chiquvchilarini litsenziyalash, lokalizatsiya va dasturiy mahsulotlarni boshqa tillarga tarjima qilish hamda original elektron oʻquv materiallarini yaratish sohasida oʻqitish;— Loyihaning birinchi yilida ustuvor fanlar boʻyicha kamida 25 nomda elektron oʻquv materiallarini oʻzbek va boshqa tillarda ishlab chiqish, keyingi har yili 20 nomdan ishlab chiqish, jumladan, umumiy dasturiy ilovalar, masalan: elektron jadvallar va maʼlumotlar bazalari, elektron darsliklar va fan boʻyicha taʼlim dasturlari;— DVD, audio, video va boshqa multimedia materiallarini oʻzbek va boshqa tillarda ishlab chiqish;— Elektron va boshqa oʻquv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish va raqobatni ragʻbatlantirish maqsadida oʻquv-uslubiy materiallar ishlab chiquvchilari uchun tanlov asosida grantlar ajratish;— Ishlab chiqilgan elektron materiallarni oʻz ichiga olgan portal yaratish va ishga tushirish;— 860 ta maktab tarkibiga kirmaydigan maktablar uchun axborot saqlash tizimini ishlab chiqish.2 13802 138 1.4.Salohiyatni oshirish va boshqaruvni qoʻllab-quvvatlash— Maktablarda rejalashtirish, budjet shakllantirish va uni amalga oshirish salohiyatini oshirish, jumladan, AKTdan samarali foydalanishni taʼminlash (ularni ekspluatatsiya qilish va xizmat koʻrsatish) uchun maktablarning yillik moliyaviy rejalari va operatsion xarajatlarni qoplashga moʻljallangan budjetlarini ishlab chiqish;— Quyidagi yoʻnalishlarda maqsadli tadqiqotlar oʻtkazish va sinovdan oʻtkazish:a) xarajatlarni kamaytirish va qoʻshimcha daromadlar uchun alternativ manbalarni oʻrganish;b) maktab moliyalashtirishni detsentralizatsiya qilish va taʼlim muassasalarining ixtiyoriga topshirish;v) imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun AKTdan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish;g) turli bazaviy dasturiy taʼminot toʻplamlari boʻyicha texnologiya xarajatlarini taqqoslash;d) aloqaning alternativ variantlarini, ayniqsa, olis va yetib borish qiyin boʻlgan maktablar uchun oʻrganish;— Loyihani monitoring qilish va baholash tadbirlari, shuningdek, LAOGning operatsion xarajatlari.3 34303 343 II.Kutilmagan xarajatlar, jami2 2842 6364 920 Jumladan 2.1.Jismoniy kutilmagan xarajatlar1 1314701 601 2.2.Narx oʻzgarishi bilan bogʻliq kutilmagan xarajatlar1 1532 1663 319 III.Investitsiya davridagi foiz toʻlovlari0963963 Jami:30 000 00013 00043 000
* Jumladan, 0,36 million AQSH dollari ekvivalentidagi soliq va yigʻimlardan ozod qilishni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-noyabrdagi PQ-219-son qaroriga2-ILOVA
“Umumtaʼlim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasi boʻyicha OTB krediti va foizlarini toʻlash
Keredit summasi—20,41 mln SDR (ekv. 30 mln AKSH doll.)Qaytarish muddati—32 yilImtiyozli davr—8 yilFoiz stavkasi—1,0% yillik — imtiyozli davr mobaynida;1,5% yillik — imtiyozli davr tugaganidan soʻng(SDR)Toʻlov sanasiAsosiy qarz toʻlovi miqdoriFoiz toʻlovi miqdoriJami toʻlanishi kerak boʻlgan summa2006-yil15-fevral002006-yil15-avgust8 8378 8372007-yil15-fevral36 57936 5792007-yil15-avgust48 70548 7052008-yil15-fevral73 36773 3672008-yil15-avgust85 67385 6732009-yil15-fevral98 08498 0842009-yil15-avgust100 676100 6762010-yil15-fevral101 217101 2172010-yil15-avgust102 0401020402011-yil15-fevral102 040102 0402011-yil15-avgust102 040102 0402012-yil15-fevral102 040102 0402012-yil15-avgust102 040102 0402013-yil15-fevral102 040102 0402013-yil15-avgust102 040102 0402014-yil15-fevral425 167102 040527 2072014-yil15-avgust425 167149 871575 0382015-yil15-fevral425 167146 682571 8492015-yil15-avgust425 167143 494568 6612016 yil15-fevral425 167140 305565 4722016 yil15-avgust425 167137 116562 2832017-yil15-fevral425 167133 927559 0942017 yil15-avgust425 167130 739555 9062018 yil15-fevral425 167127 550552 7172018 yil15-avgust425 167124 361549 5282019 yil15-fevral425 167121 172546 3392019 yil15-avgust425 167117 984543 1512020 yil15-fevral425 167114 795539 9622020 yil15-avgust425 167111 606536 7732021 yil15-fevral425 167108 417533 5842021 yil15-avgust425 167105 229530 3962022 yil15-fevral425 167102 040527 2072022 yil15-avgust425 16798 851524 0182023 yil15-fevral425 16795 662520 8292023 yil15-avgust425 16792 474517 6412024 yil15-fevral425 16789 285514 4522024 yil15-avgust425 16786 096511 2632025 yil15-fevral425 16782 907508 0742025 yil15-avgust425 16779 719504 8862026 yil15-fevral425 16776 530501 6972026 yil15-avgust425 16773 341498 5082027 yil15-fevral425 16770 152495 3192027 yil15-avgust425 16766 964492 1312028 yil15-fevral425 16763 775488 9422028 yil15-avgust425 16760 586485 7532029 yil15-fevral425 16757 397482 5642029 yil15-avgust425 16754 209479 3762030 yil15-fevral425 16751 020476 1872030 yil15-avgust425 16747 831472 9982031 yil15-fevral425 16744 642469 8092031 yil15-avgust425 16741 454466 6212032 yil15-fevral425 16738 265463 4322032 yil15-avgust425 16735 076460 2432033 yil15-fevral425 16731 887457 0542033 yil15-avgust425 16728 699453 8662034 yil15-fevral425 16725 510450 6772034 yil15-avgust425 16722 321447 4882035 yil15-fevral425 16719 132444 2992035 yil15-avgust425 16715 944441 1112036 yil15-fevral425 16712 755437 9222036 yil15-avgust425 1679 566434 7332037 yil15-fevral425 1676 377431 5442037 yil15-avgust425 1513 189428 340JAMI20 408 0004 966 36525 374 365
Izoh: Toʻlov summalari kredit mablagʻlarining amaliy oʻzlashtirilishiga bogʻliq holda aniqlanadi.