PF-361-son Farmon · 11.03.1992

Respublika oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-361
  • Qabul qilingan sana:11.03.1992
  • Kuchga kirgan sana:11.03.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 5

Yoshlarni respublika oliy oʻquv yurtlarida oʻqishga tanlashda yagona davlat siyosatini oʻtkazish, jamiyatning intellektual quvvatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarini yaratish hamda ijtimoiy adolat qoidalarini roʻyobga chiqarish maqsadida, shuningdek jamoatchilikning istaklarini eʼtiborga olib:

1. Belgilab qoʻyilsinki, 1992/93 oʻquv yilidan boshlab tajriba tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga qarashli pedagogika institutlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga qarashli universitetlar tegishli soha ( oʻqituvchi kadrlar tayyorlash bilan band boʻlgan) fakultetlarning kunduzgi boʻlimlariga mazkur faoliyat turiga moyil boʻlgan maktab oʻquvchilari hamda boshqa toifadagi yoshlardan iborat abituriyentlarni sinab koʻrish asosida kirish imtihonlarsiz qabul qilinadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Melioratsiya va Suv xoʻjaligi vazirligi, Aloqa vazirligi mazkur tajribani Toshkent davlat texnika universitetida, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida, Toshkent avtomobil-yoʻl institutida, Fargʻona davlat universitetida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida, Toshkent elektr texnik aloqa institutida oʻtkazsinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:

10 kun muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi tegishli qaror qabul qilsin:

bir oy muddat ichida Farmonning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan respublika oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abituriyentlarni tanlash va qabul qilish Respublika markazini tashkil etsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 11-mart,

PF-361-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.