PF-3194-son Farmon · 15.01.2003

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3194
  • Qabul qilingan sana:15.01.2003
  • Kuchga kirgan sana:15.01.2003
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1-2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:

1. “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonida:

2-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” deb oʻzgartirilsin;

ilovaning 3-bandidagi “(ishlar, xizmatlar)” soʻzlari olib tashlansin, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” soʻzlari esa “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” deb oʻzgartirilsin;

ilovaning 4-bandidagi va 13-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining” deb oʻzgartirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)

7. “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-fevraldagi PF–1930-son Farmoni 1 va 3-bandlaridagi, 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” deb oʻzgartirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2003-yil 15-yanvar,

PF-3194-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.