Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-dekabrdagi PF-3178-son Farmoniga muvofiq “Davlat xizmatchilarining mehnatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 13-maydagi PF-1778-son Farmonining 1-bandidagi “va prokuratura” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-mart,
PF-3218-son