PQ-1161-son Qaror · 16.07.2009

“Xonjiza koni polimetall rudalarini qayta ishlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1161
  • Qabul qilingan sana:16.07.2009
  • Kuchga kirgan sana:16.07.2009
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-martdagi “2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1072-son qaroriga muvofiq va Xonjiza koni polimetall rudalarining mineral-xom ashyo bazasidan oqilona foydalanishni taʼminlash, shu asosda “Olmaliq KMK” OAJ ishlab chiqarish quvvatlariga yuklamalarni oshirish, rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Xonjiza koni polimetall rudalarini qayta ishlash” loyihasini amalga oshirish doirasida:

umumiy cheklangan qiymati ekvivalentda 154,2 mln AQSh dollari, shu jumladan kapital qoʻyilmalar miqdori 145,8 mln AQSh dollari boʻlgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan;

tanlov savdolari, undan keyingi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar va kontraktlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra, “Olmaliq KMK” OAJ tomonidan uskunalar yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish va “tayyor holda topshirish” shartlari asosida qurilishlarni amalga oshirish boʻyicha kontraktlar tuzilgan.

2. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan loyihani moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:

“Olmaliq KMK” OAJning oʻz mablagʻlari, shu jumladan, 53,3 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdordagi maxsus investitsiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 60,9 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit resurslari;

respublika tijorat banklarining jami 40,0 mln AQSh dollari ekvivalentida, shu jumladan milliy valyutada 29,2 mln AQSh dollari ekvivalentida va xorijiy valyutada 10,8 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlari.

3. Quyidagilar:

loyiha quvvati yiliga 650 ming tonna rudani qazib olish va qayta ishlash hajmiga teng boʻlgan “Xonjiza koni polimetall rudalarini qayta ishlash” loyihasi TIAsining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. “Ipoteka-bank” aksionerlik tijorat ipoteka bankiga koʻrsatib oʻtilgan loyihani moliyalashtirish uchun “Olmaliq KMK” OAJga:

jamgʻarib boriluvchi pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan 7 yilgacha muddatga ikki yillik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshmaydigan stavkada milliy valyutada 29,2 mln AQSh dollari ekvivalentida;

shu jumladan boshqa tijorat banklari bilan sindikatlashgan kredit tashkillashtirish yoʻli bilan 5 yilgacha muddatga bir yarim yillik imtiyozli davr bilan yillik 6 foizdan oshmaydigan foiz stavkasida xorijiy valyutada 10,8 mln AQSh dollari miqdorida uzoq muddatli kreditlarni taqdim etish tavsiya qilinsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Olmaliq KMK” OAJning loyihani moliyalashtirish uchun jalb etilayotgan kreditlar doirasida tijorat banklari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi oldidagi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berish vakolati taqdim etilsin.

6. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlar asosida “Olmaliq KMK” OAJ tomonidan import qilib olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan materiallar, transport vositalari, uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, shu jumladan texnik hujjatlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 16-iyul,

PQ-1161-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-iyuldagi PQ-1161-son qaroriga 1-ILOVA

“Xonjiza koni polimetall rudalarini qayta ishlash” loyihasi TIAsining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari

* Kreditning haqiqiy summasi va olish sanalaridan kelib chiqib aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-iyuldagi PQ-1161-son qaroriga 2-ILOVA

“Ipoteka bank” ATIB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini soʻndirishning prognoz jadvali

Izohlar: Qarzning ilk toʻlov sanasi qarz shartnomasining kuchga kirish va kreditni olish sanasiga bogʻliq.

Komissiya va foiz toʻlovlari summasi kreditni olishning haqiqiy summasi va sanasiga bogʻliq.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.