PF-478-son Farmon · 08.10.1992

Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-478
  • Qabul qilingan sana:08.10.1992
  • Kuchga kirgan sana:08.10.1992
  • Rasmiy nashr:Oliy Kengash Axborotnomasi 12

Bozor iqtisodiyotiga oʻtish hamda isteʼmol mollarining narxlari va xizmatlar haqi toʻxtovsiz oʻsib borishi sharoitida respublikaning “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi aholining kambagʻal tabaqalarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish borasida, oʻz vazifalarini amalga oshirishga yordam berish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan “Mahalla” jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi 700-son hisob raqamiga yigirma besh million soʻm pul oʻtkazilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, “Mahalla” jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan hamda boshqa moddiy mablagʻlar asosan kambagʻal oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, yetim-yesirlarga, yolgʻiz keksalarga moddiy yordam berish hamda aholining ijtimoiy zarur talab va ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangandir.

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)

2. Vazirliklar va idoralarning, assotsiatsiyalar, konsernlar, xoʻjaliklar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari insonparvarlik va mehr-shafqat gʻoyalarini targʻib etishga doir tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish, respublika aholisining eng muhtoj tabaqalarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamgʻarmasiga aniq maqsadni koʻzlab yordam berish tavsiya etilsin.

3. Gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirish muharririyatlari “Mahalla” jamgʻarmasiga faoliyatini, shuningdek vazirliklar, korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar respublika aholisiga ijtimoiy yordam borasidagi ishini keng targʻib qilishga oid maxsus ruknlar ochsinlar.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 8-oktabr,

PF-478-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.