PQ-318-son Qaror · 04.04.2006

Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditidan foydalangan holda “Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-318
  • Qabul qilingan sana:04.04.2006
  • Kuchga kirgan sana:04.04.2006
  • Holati:Amalda

Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditidan foydalangan holda “Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” investitsiya loyihasining samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi oʻrtasida 2003-yil 12-dekabrdagi Hukumatlararo bitimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga multimedia jihozlarini oʻrnatish va ularni dasturlar bilan taʼminlashni nazarda tutgan holda “Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda loyiha deb yuritiladi) birinchi bosqichini amalga oshirish uchun oʻn yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda, 30 yil muddatga uzish sharti bilan 4 mln.yevro miqdorida foizsiz kredit berilganligi;

loyihani amalga oshirishning ikkinchi bosqichida Belgiya Qirolligi Hukumati tomonidan yana 4 mln. yevro miqdorida foizsiz kredit berilishi;

Belgiya Qirolligi Vazirlar Kengashining qaroriga muvofiq, xarid qilinadigan uskunalarni yetkazib berish “Televik” (Belgiya) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi foizsiz kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditiga hisob-kitob xizmati koʻrsatish boʻyicha moliyaviy agent hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

asosiy qarzni qaytarish va kreditni oʻzlashtirish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

3. Loyiha birinchi bosqichining asosiy texnikaviy-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditini qaytarish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi zimmasiga loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish, multimedia jihozlari va dasturiy vositalardan maqsadli hamda samarali foydalanish, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilar va oʻquv-yordamchi xodimlari tarkibi ichidan ularni qoʻllash boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish masʼuliyati yuklansin.

5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda multimedia jihozlari va uning dasturiy vositalaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirkor kompleksini tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish boʻyicha uch tomonlama agentlik bitimini imzolasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz krediti hisobiga import qilinadigan uskunalarni deklaratsiya qilish, bojxona omborida saqlash, sertifikatlashtirish, yetkazib beriladigan multimedia jihozlariga bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar toʻlash, shuningdek, ularni respublika hududi boʻylab tashish xarajatlarini qoplaydigan zarur mablagʻlarning Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga ajratilishini nazarda tutsin.

7. Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz krediti hisobiga olib kelinadigan uskunalar va ularga doir butlovchi hamda dasturiy taʼminlash vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);

Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz krediti hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy qatnashchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻi;

loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislar, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining talabnomalariga koʻra, vizalar hamda vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyishni rasmiylashtirishda konsullik yigʻimlari va davlat bojlar toʻlashdan ozod etilsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 4-aprel,

PQ-318-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-apreldagi PQ-318-son qaroriga1-ILOVA

“Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyiha birinchi bosqichining asosiy texnikaviy-iqtisodiy parametrlari

* Kontraktlarning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari belgilangan tartibda aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-apreldagi PQ-318-son qaroriga2-ILOVA

Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditni qaytarish

* Asosiy qarzni uzishning yakuniy sanasi kredit mablagʻlarini oʻzlashtirishning haqiqiy sanalari boʻyicha aniqlashtiriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.