PF-3321-son Farmon · 26.09.2003

Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3321
  • Qabul qilingan sana:26.09.2003
  • Kuchga kirgan sana:26.09.2003
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 9-10

Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, eksport-import operatsiyalari amalga oshirilishi ustidan maʼmuriy nazorat usullarini qisqartirish hamda tashqi savdoni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish maqsadida:

1. 2003-yilning 1-oktabridan import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida oldindan roʻyxatga olish bekor qilinsin.

(1-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga asosan chiqarilgan)

2. 2003-yilning 1-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida import kontraktlarining bojxona monitoringi tizimi joriy etilsin. Bunday tizim import qilinadigan tovarlarni bojxona orqali baholashni, shuningdek vakolatli organlarning axborot ayirboshlash borasidagi hamkorligini koʻzda tutadi.

(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4494-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 2-modda)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi import kontraktlarining bojxona monitoringini oʻtkazishni taʼminlaydigan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 18-fevraldagi PF-1930-son Farmonining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning ijrosi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2003-yil 26-sentabr,

PF-3321-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.