PF-505-son Farmon · 11.12.1992

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 7-maydagi Farmonini Afgʻoniston Respublikasida va boshqa davlatlar hududida urush harakatlarida qatnashgan fuqarolarga nisbatan joriy etish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-505
  • Qabul qilingan sana:11.12.1992
  • Kuchga kirgan sana:11.12.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 2

Uy-joylarni xususiylashtirish va bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida Afgʻoniston Respublikasida va boshqa davlatlar hududida urush harakatlarida qatnashgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalashni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 7-maydagi Farmonining Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilariga hozir ular yashab turgan davlatga va idoralarga qarashli uylar hamda ular yashab turgan davlatga va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralarni shaxsiy mulk qilib berishga doir qismi 1979-yil dekabridan 1990-yil fevraligacha boʻlgan davrda Afgʻoniston Respublikasidagi urush harakatlarida ishtirok etgan fuqarolarga, shuningdek turli yillarda boshqa mamlakatlar hududida urush harakatlarida qatnashgan sobiq harbiy xizmatchilarga nisbatan joriy etilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki haftalik muddatda mazkur Farmonni amalga oshirishni taʼminlaydigan qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 11-dekabr,

PF-505-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.