PF-4273-son Farmon · 02.02.2011

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4273
  • Qabul qilingan sana:02.02.2011
  • Kuchga kirgan sana:02.02.2011
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 4-5

Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq va suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-son Qonuniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 2-fevral,

PF-4273-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-son Farmoni 1-bandining “g” kichik bandidagi “suvdan foydalanuvchilar uyushmalari” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-maydagi PQ-77-son qarori bilan tasdiqlangan “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasining “Agroservis markazlari tashkil etish” hamda “Tajriba xoʻjaliklaridagi sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini qisman rekonstruksiya qilish” komponentlari boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini berish, ulardan foydalanish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1 va 2-ilovalari 2-bandining oltinchi xatboshi, 11-bandining ikkinchi va sakkizinchi xatboshi, 12-bandi birinchi, beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshi, 15-bandining toʻrtinchi xatboshilaridagi “suvdan foydalanuvchilar” soʻzlari tegishli ravishda “suv isteʼmolchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 26-sentabrdagi PQ-698-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “suv resurslaridan foydalanuvchilar” soʻzlari “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.