PF-1411-son Farmon · 20.03.1996

Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1411
  • Qabul qilingan sana:20.03.1996
  • Kuchga kirgan sana:20.03.1996
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 3

Tayyor mahsulot (xizmatlar)ning tashqi bozorlarga kirib borishiga koʻmaklashish, shuningdek eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga kredit berish mexanizmini yaratish maqsadida:

1. 1996-yil 1-apreldan boshlab tovarlarga ularning tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan chuqur ishlanishiga bogʻliq ravishda boj poshlinalarining tabaqalashtirilgan stavkalari belgilansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-avgustdagi PF-2677-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 241-modda)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 14-maydagi PF-2841-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 105-modda)

5. Eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur texnik-iqtisodiy asoslashlar mavjud boʻlgan taqdirda uch yil muddatga maxsus foizsiz zayomlar berish tavsiya etilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun maxsus foizsiz zayomlar manbalari haqida taklif kiritsin.

7. Mazkur Farmonning 2, 3, 4, 5-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlar vositachi tashkilotlarga, shuningdek eksport qilinadigan xomashyo: paxta tolasi, lint, neft, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, gaz kondensati, tabiiy gaz, qimmatbaho, rangli va qora metallar, ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 17-iyundagi PF–872-son Farmonining 2, 3, 4, 5, 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ikki hafta muddatda mazkur Farmon qoidalariga muvofiq boj poshlinalari stavkalarini tasdiqlasin;

ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 20-mart,

PF-1411-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.