PF-2840-son Farmon · 10.05.2001

Oʻzbekiston Respublikasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2840
  • Qabul qilingan sana:10.05.2001
  • Kuchga kirgan sana:10.05.2001
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 5

Mamlakatning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashda kon-metallurgiya sanoatining ahamiyati muhimligini eʼtiborga olib, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Oʻzmetkombinat” Aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzolmosoltin” uyushmasi, “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti, foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi boshqa korxonalar koʻp ming kishilik jamoalarining kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlashga qoʻshgan hissalarini qayd etgan holda:

1. May oyining uchinchi yakshanbasi “Oʻzbekiston Respublikasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni” etib belgilansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2001-yil 10-may,

PF-2840-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.