PF-4309-son Farmon · 20.05.2011

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4309
  • Qabul qilingan sana:20.05.2011
  • Kuchga kirgan sana:20.05.2011
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 22-23

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 20-may,

PF-4309-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PF-4309-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (3-ilova):

22-bandning uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman va shahar boʻlimlari” soʻzlariga almashtirilsin.

23-banddagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman va shahar boʻlimlarining” soʻzlariga almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.