PQ-1539-son Qaror · 27.05.2011

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1539
  • Qabul qilingan sana:27.05.2011
  • Kuchga kirgan sana:27.05.2011
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining nizomi va tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 18-martdagi PF-4295-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 27-may,

PQ-1539-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi PQ-1539-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

[Koʻchirma]

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-son qarori 3-bandi ikkinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari hamda tashkiliy-nazorat masalalari boʻyicha Davlat maslahatchilari bilan kelishilgan holda” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishilgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PF-5030-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 311-modda)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.