PF-1287-son Farmon · 14.11.1995

Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning ish sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1287
  • Qabul qilingan sana:14.11.1995
  • Kuchga kirgan sana:14.11.1995
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 10-11

Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida:

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga vakolatxonalarni, shu jumladan vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirishda foydalaniladigan binolarni yoki binolarning bir qismini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning binolarini qurish uchun yer uchastkalarining respublikadagi diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarga ularning oʻz mulki qilib sotishga ruxsat berilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi ikki hafta muddat ichida Tashqi ishlar vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda amaldagi qonunchilikni hamda tegishli meʼyoriy hujjatlarni oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

3. Mazkur Farmon bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 14-noyabr,

PF-1287-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.