PQ-1593-son Qaror · 03.08.2011

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1593
  • Qabul qilingan sana:03.08.2011
  • Kuchga kirgan sana:03.08.2011
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 31

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2008-yil 24-iyulda Singapurda imzolangan ikki yoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad soliqlarini toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartishlar kiritish haqida 2011-yil 14-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 3-avgust,

PQ-1593-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.