PF-265-son Farmon · 26.09.1991

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 26-sentabrdagi PF-265-son Farmoni

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-265
  • Qabul qilingan sana:26.09.1991
  • Kuchga kirgan sana:26.09.1991
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 11

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-4-moddasi 2, 4-bandlariga va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hamda muhofaza va hududiy yaxlitlik tadbirlarini kuchaytirish, davlat mustaqilligi va suverenitetini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish maqsadida:

1. Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizligi Ittifoq — respublika komiteti tugatilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik boshqarmasi tuzilib, Respublika Prezidentiga boʻysundirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik boshqarmasi tuzilishi, nizomi va soniga doir takliflarni tayyorlasin hamda taqdim etsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik boshqarmasi birinchi navbatda razvedka, kontrrazvedka va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bilan shugʻullanishi kerakligi belgilab qoʻyilsin. Sobiq Davlat xavfsizligi komitetining yuqorida sanab oʻtilgan vazifalar bilan bogʻliq boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid barcha tuzilma, boʻlinmalari va boʻlimlarini tugatish koʻzda tutilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 26-sentabr,

PF-265-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.