PF-772-son Farmon · 28.02.1994

Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi “Oʻzshartnomasavdo”ni tugatish hamda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi-“Oʻzulgurjibirjasavdo”ni taʼsis etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-772
  • Qabul qilingan sana:28.02.1994
  • Kuchga kirgan sana:28.02.1994
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 3

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning, isteʼmolchilar va tadbirkorlarning tovar resurslari bozorida erkin hamda teng huquqli tarzda ishtirok etishi uchun zarur tarmoqlar majmuini vujudga keltirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi tugatilib, uyushmaning tarkibiy boʻlinmalari va obyektlari amaldagi qonunlarga muvofiq ochiq usuldagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilsin.

(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 27-apreldagi PF-2836-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 70-modda)

4. Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

eng muhim mahsulot turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish, ularga boʻlgan ehtiyoj va takliflarning balanslarini ishlab chiqish;

xalq xoʻjaligini moddiy resurslar bilan taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlarini, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berishning eksport-import kvotalari va hajmlarining miqdorlarini aniqlab, soʻngra respublika Hukumatining koʻrib chiqishi uchun taqdim etish.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-yanvardagi PF-3194-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 3-modda)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining zimmasiga:

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)

Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning loyihalarini tuzishga oid ishlarni tashkil etish, hukumatlararo majburiyatlar boʻyicha mahsulot yetkazib berilishini tartibga solish va uni nazorat qilishni taʼminlash;

(5-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PF-5115-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)

6. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan 10 kun muddat ichida tegishli qaror qabul qilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 28-fevral,

PF-772-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.