Siyosiy sohada, davlat qurilishi va boshqaruvi, iqtisodiy, maʼnaviy, sud-huquq, tashqi siyosiy sohalar va xavfsizlikni taʼminlash sohasida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasida qilgan maʼruzasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 10-fevraldagi F-1118-son Farmoyishi bilan tuzilgan ishchi guruhlarning siyosiy sohada, davlat qurilishi va boshqaruvi, iqtisodiy, maʼnaviy, sud-huquq, tashqi siyosiy sohalar va xavfsizlikni taʼminlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasidagi maʼruzasida belgilab berilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish Dasturlari boʻyicha takliflari 1 — 6-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
* 1— 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, ushbu Farmonning 1-6-ilovalarida koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar, jamoat va nohukumat tashkilotlari ilmiy xodimlar va mutaxassislarni, jamoat arboblarini keng jalb etgan holda:
tegishli qonun hujjatlarining loyihalari oʻz vaqtida, belgilangan muddatlarga qatʼiy muvofiq ravishda ishlab chiqilishi hamda tasdiqlash uchun Oliy Majlisga kiritilishini;
qabul qilingan qonun hujjatlarini amalga oshirishning taʼsirchan mexanizmini yaratuvchi aniq tadbirlar, meʼyoriy hujjatlar, nizomlar va yoʻriqnomalarning belgilangan tartibda shakllantirilishi hamda roʻyobga chiqarilishini taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 24-iyuldagi PF-3467-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. A. Alimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 2-iyun,
PF-2612-son