Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasi (2012-yilgi versiya) qabul qilinishi munosabati bilan:
1. 2012-yilning 1-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF–1871-sonli Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-sentabr,
PF–4470-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PF–4470-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF–1871-sonli Farmoniga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovaning ikkinchi qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Qimmatbaho metallar, qotishmalar, ulardan tayyorlangan buyumlar; rudalar, konsentratlar parchalari va chiqindilari; qimmatbaho tabiiy toshlar hamda ulardan tayyorlangan buyumlar; qimmatbaho tabiiy toshlarning chiqindilari, kukunlari va rekuperatorlari; marvarid va ulardan tayyorlangan buyumlar, qahrabo va ulardan tayyorlangan buyumlar 2843, 3006 400 00 0 (faqat qimmatbaho metallardan), 7106 — 7115, 7118 (faqat qimmatbaho metallardan), 9003 19 000 1, 9021 21 900 0 (faqat qimmatbaho metallardan), 9101, 9111 10 000 0, 9113 10, 9608 10 920 0 va 960810 990 0 (faqat qimmatbaho metallardan), 9608 30 000 0 (faqat qimmatbaho metallardan), 9705 00 000 0 (faqat qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar), 7116 (faqat marvaridlar va tabiiy qimmatbaho toshlardan), 9602 00 000 0 (faqat ishlov berilgan qahrabo va undan tayyorlangan buyumlar)
2. 2-ilovaning toʻrtinchi qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. Xom neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari 2709 00, 2710 (2710 12 410 0 - 2710 12 590 0, 2710 19 290 0 bundan mustasno)
3. 4-ilovaning beshinchi qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. Goʻsht, goʻsht mahsulotlari, uy parrandasi goʻshti mahsulotlari* 0201 — 0210 (0207 53 000 bundan mustasno) 0207 53 000